Ishonch

Xavfsizlik — gap emas, tuzilma

Quyidagilar mahsulotning ishlash tartibi. Har biri kodda amalga oshirilgan va testlar bilan qo'riqlanadi.

Ma'lumot ajratilishi

Har bir tashkilot ma'lumoti baza darajasida ajratilgan. Filtrlash view'da emas, model qatlamida — dasturchi unutib qolsa ham ma'lumot sizib chiqmaydi.

Tokenlar shifrlangan

Ijtimoiy tarmoq tokenlari bazada Fernet bilan shifrlanadi. Kalit almashtirilsa eski tokenlar ham ochiladi (kalit rotatsiyasi).

Hisob biriktirish

Bir ijtimoiy hisob bitta tashkilotga tegishli. Uni boshqa tashkilotga ko'chirish faqat pulli tarifda va yozib boriladi.

Kirish nazorati

Olti xil mijoz roli va to'rt xil platforma xodimi roli. Sotuv bo'limi mijoz kontentini ko'ra olmaydi.

So'rov chegaralari

Kirish, ro'yxatdan o'tish va OAuth so'rovlari cheklangan — parol tanlash urinishlari to'xtatiladi.

Zaxira

Baza va media har kuni zaxiralanadi, arxiv butunligi tekshiriladi, 14 kun saqlanadi.

HTTPS va sarlavhalar

Barcha trafik TLS orqali. HSTS, CSRF himoyasi va xavfsiz cookie'lar yoqilgan.

Media himoyasi

Fayllar tashkilot papkasida, tasodifiy nom bilan. Havolani bilgan begona odam ochib ko'ra olmaydi — har so'rovda ruxsat tekshiriladi.

Ma'lumot qayerda turadi

Server O'zbekistonda. Zaxira alohida diskda saqlanadi va kunlik yangilanadi.

Kunlik Baza va media zaxirasi
Alohida disk Zaxira asosiy diskda emas
HTTPS Sertifikat avtomatik yangilanadi
Audit Kim nima o'zgartirgani yozib boriladi

Savolingiz bo'lsa — bog'laning, yoki xizmat holatini ko'ring.