Yagona ish maydoni

Kontent rejalash, tasdiqlash va nashr — bitta joyda.

Matnni yozing, kanallarni tanlang, jamoadan tasdiq oling va vaqtida chiqaring. Telegram, Instagram, Facebook va YouTube uchun bir marta.

socetify.com/workspace/
Rejalashtirilgan
12shu hafta
Tasdiq kutmoqda
3
Qoralama
7
30 kunlik ko'rish
48,2 ming+14%
09:30
bugun

Kuzgi kolleksiya — chegirma e'loni

telegram instagram ·Menejer tasdiqini kutmoqda
Tasdiq kutmoqda
Ko'rish
14:00
bugun

Ustaxonada bir kun — qisqa video

youtube ·Nashrga tayyor
Rejada
Ochish
18:00
ertaga

Mijoz fikri — sharh posti

instagram facebook
Rejada
Ochish

Yuqoridagi — mahsulotning o'zi, surat emas. Ma'lumot namuna sifatida qo'yilgan.

Qaysi kanallar ulanadi

Telegram bot tokeni bilan darhol ishlaydi — tasdiq kutilmaydi. Qolganlari rasmiy API orqali.

Postning yo'li uch qadamda

Har bir qadam kimda turgani ko'rinib turadi, ya'ni "kim kutayapti" degan savol chatga chiqmaydi.

1Yozing va rejalang

Matn, media va kanallar bitta oynada. Har bir kanalga alohida matn kerak bo'lsa — o'sha kanal tanlanganda ochiladi, boshqasi ko'zni band qilmaydi.

2Tasdiqdan o'tkazing

Muharrir matnni ko'radi, menejer yakuniy tasdiq beradi. Oxirgi ko'rikdan keyin nima o'zgargani ko'rsatiladi — qaytadan o'qish shart emas.

3Chiqaring va o'lchang

Belgilangan vaqtda o'zi chiqadi. Keyin qaysi post ishlaganini ko'rasiz — taxmin bilan emas, raqam bilan.

Har kuni ishlatiladigan uch vosita

Taqvim va takror reja

Haftalik rejani bir qarashda ko'rasiz. «Har dushanba 10:00» kabi takror postlar o'zi yaratiladi.

takror reja: postlar o'zi yaratiladi

Tasdiq va audit

Tasdiqsiz post kanalga chiqmaydi. Kim nima qilgani jurnalda qoladi — nizoda dalil bo'ladi.

Natija raqamda

Har post ko'rish va reaksiyalari bilan. Qaysi kanal va qaysi mavzu ishlaganini taxminsiz bilasiz.

Kim uchun

Agentlik

Har bir mijoz — alohida tashkilot: o'z jamoasi, o'z kanallari, o'z hisobi. Bir mijozning ma'lumoti ikkinchisiga ko'rinmaydi. Xodim ketganda uning kirishi yopiladi, kanal esa tashkilotda qoladi.

Batafsil

Brend jamoasi

Kreator yozadi, muharrir o'qiydi, menejer tasdiqlaydi. Kim nima qilgani audit jurnalida qoladi. Tasdiqsiz post kanalga chiqmaydi.

Imkoniyatlar

Ma'lumotingiz qanday himoyalanadi

Quyidagilar mahsulotning ishlash tartibi, va'da emas.

Shifrlangan Kanal tokenlari bazada ochiq saqlanmaydi
Ajratilgan Har bir tashkilot ma'lumoti so'rov darajasida ajratiladi
Ikki qatlam Baza va media kunlik zaxiralanadi, zaxira alohida diskda
Audit Kim nima o'zgartirgani jurnalda qoladi

Xavfsizlik sahifasi  ·  Xizmat holati

Bepul boshlang

Karta talab qilinmaydi. Telegram kanalini ulab, birinchi postni bugun rejalashtirasiz. Kerak bo'lsa keyin tarifni ko'tarasiz.